Статья:

YOSHLAR TARBIYASIDA TEATR SAN’ATINING О‘RNI (О‘LMAS UMARBEKOVNING “KUZNING BIRINCHI KUNI” ASARI MISOLIDA)

Журнал: Научный журнал «Студенческий форум» выпуск №19(70)

Рубрика: Искусствоведение

Выходные данные
Baxtishod G.B., Jо‘ra M.O. YOSHLAR TARBIYASIDA TEATR SAN’ATINING О‘RNI (О‘LMAS UMARBEKOVNING “KUZNING BIRINCHI KUNI” ASARI MISOLIDA) // Студенческий форум: электрон. научн. журн. 2019. № 19(70). URL: https://nauchforum.ru/journal/stud/70/52847 (дата обращения: 27.12.2024).
Журнал опубликован
Мне нравится
на печатьскачать .pdfподелиться

YOSHLAR TARBIYASIDA TEATR SAN’ATINING О‘RNI (О‘LMAS UMARBEKOVNING “KUZNING BIRINCHI KUNI” ASARI MISOLIDA)

Baxtishod G‘aybulloyev Baxshulo о‘g‘li
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 2-bosqich magistranti, О‘zbekiston, Toshkent. sh
Jо‘ra Mahmudov Obidovich
О‘zbekiston Respuplikasida xizmat kо‘rsatgan san’at arbobi, professor О‘zbekiston, Toshkent. sh

 

Har bir xalqning, millatning o`ziga xos uzoq o`tmishga ega tarixi mavjud. Xalq madaniy hayotini, turmush tarzini bir ko`rinishi sifatida asrlar davomida masxaraboz va qiziqchilar san`ati yashab kelgan va yashab kelmoqda. Shu san`atning shakllanishi va rivojlanishi natijasida xalq ichida teatr san`atiga qiziqish paydo bo`ldi va shu san`at teatr san`atini uyg`onishiga ko`prik bo`lgan.. Teatr-o`ziga xos bir olam, ma`rifat o`chog`i.

Yoshlar tarbiyasida teatr san’atining о‘rni va ahamiyati muhim. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-2021-yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda “О‘zbekiston Respuplikasida 2017-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qо‘shimcha chora–tadbirlar dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, milliy teatrning yoshlar tarbiyasidagi о‘rni va ahamiyatini yanada oshirish, tomoshabinlarning ma’naviyatini yuksaltirish, ular qalbi va ongida ezgu g‘oyalarni mustahkam qaror toptirish, milliy san’atimizning nodir an’analarini tiklash, asrab–avaylash, targ‘ib va tashviq etish maqsadida qator samarali ishlar olib borilmoqda”.[1]

Teatr deganda avvalambor san’atning kattakon bir turini tushunamiz. Shu bilan birga teatr – bu tomosha – spektakl qо‘yiladigan ta’lim–tarbiya maskani hisoblanadi. Teatr san’ati hayotni, voqea–hodisalarni turli kurashlar va ziddiyatlarni, ichki kechinmalarni dramatik xatti-harakatlarda, aktyor ijrosi orqali aks ettiradi.

Mahmudxо‘ja Behbudiy yangi o`zbek teatrining yetakchi targ`ibotchilaridan, dunyo teatrlari tarixidan xabardor, teatrning taqaqqiy etgan mamlakatlar ijtimoiy-madaniy hayotida tutgan o`rnini o`rgangan, shulardan xulosalar chiqarib, Turkiston o`lkasi, umuman islom olamida teatrni himoya va targ`ib qilgan san`at darg`asidir. U o`zi muharrirlik qilgan “Oyna” jurnalida teatrni davlat miqiyosida madaniyatning muhim sohasi ekanini isbotlash, ularning Ovrupa mamlakatlaridagi mavqeyini ko`rsatish maqsadida teatr to`g`risida bir qancha ibratli fikrlar aytgan.

Mahmudxо‘ja Behbudiy ta’biri bilan aytganda, “Teatr san’ati hamma zamonlarda ham millatning ma’naviy kо‘zgusi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar targ‘ibotchisi, о‘ziga xos “Teatr ibratxonadur”[2] bо‘lib kelganligini, bugungi kunda ham yoshlar tarbiyasida teatrning о‘rni va ahamiyati yuksak ekanligi ma’lum.

Har doim teatr san’ati inson dunyoqarashi, shaxsning shakllanishida yetakchi о‘rin tutgan. Haqiqiy va asl san’at insonni tamomila о‘zgartirish, unda vatanparvarlik, insonparvarlik, ishq, ezgulik, gо‘zallik, olijanoblik kabi oliy umuminsoniy qadriyatlarni kо‘rsata olish qudratiga ega.

Bugungi kunda ayrim yoshlarning miliy ma’naviyati yetarlicha shakllanmaganligi oqibatida jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlari kuzatilmoqda. О‘zbek adabiyotining taniqli vakillaridan biri О‘lmas Umarbekovning “Kuzning binchi kuni” pyessasi 1979 yilda yozilgan bо‘lib mavzu va g‘oyasi bugungi kunning eng dolzarb muammolarini qamrab olgan asarlardan biridir.

Sahna asarida asosan uchta oila taqdiri, turmush tarzi, hayotiy voqealr asosida aks etirilgan. Bosh qahramonlar Sobir, onasi, otasi esa ichki - ishlar xodimi, Farhodning otasi bir insonni hayotini asrab qolaman deb nobud bо‘lgan, u yakka-yu yagona onasi bilan birga yashaydi, Ramziddin onasi tibbiyot institutini tugatgan, otasi professor, fan nomzodi. Uch qahramonimiz ham institut talabalari. Voqea Sobirlarning uyidan boshlanib ertalab sahar Sobir onasi bilan dadasini matiz va’da qilganini, qachon olib berishini aytib, tortishib onasiga quloq solmasdan uydan chiqib ketadi. Mazkur sahna asari qiziqarli syujet, kuchli dinamikasi bilan tomoshabobdir. Sobir onasiga quloq solmasdan kursdoshlari Ramziddin va Farhod bilan uchrashadi va institutda bо‘ladigan darsga kirmasdan Farhodning uyiga aroq ichib, aysh-u ishrat qilish uchun borishadi. Hamma balo, ya’ni jinoyatning debochasi shu yerdan boshlanadi. Farhodning uyida otasidan qolgan miltiqni Sobir olib chiqadi va Ramziddinning fikri bilan miltiqni otishga qaror qilishadi. Miltiq otiladi va bu qaltis harakat orqali kо‘chadan о‘tib ketayotgan tо‘rt nafar bolasi bor begunoh yo‘lovchining umriga zomin bо‘lishadi. Shu tariqa qilg‘ilikni qilib qо‘ygan kursdoshlar begunoh yo‘lovchiga yordam bermasdan Ramziddinning otasi bо‘lmish Professor Tо‘laganovning uyiga qochib borishadi. Tо‘laganov bu voqeadan xabardor bо‘la turib yoshlarni yashirish uchun dala hovlisiga jо‘natadi. Professor Tо‘laganav bо‘lib о‘tgan voqeani jinoyat ekanini bila turib nima sababdandir ularni himoya qilish yо‘llarini izlaydi. Sobirning otasi bolasini izlashga tushadi hamda voqealar rivoji asosida Ramziddinning otasi ularni dala hovlisiga yashirib qо‘yganini, tanish-bilishlarini ishga solayotganini, ularni qutqarib olishini aytadi. Lekin bu sо‘zlarga Sobirning otasi quloq solmay Tо‘laganovni dala hovlisiga boradi va о‘g‘li Sobirni u yerdan olib, bо‘lgan voqeani hammasini ichki ishlar idorasiga borib aytib berishini talab qiladi. Biroq Ramziddin ularni chiqib ketmasligini, qadam bossa ikkilanmasdan о‘ldirishini aytib dо‘q-pо‘pisa qiladi. Shu yerda Shokir aka Sobirni urishib kimlarga qо‘shilganini aytib yurak xuruji tutib yiqiladi va Sobir Ramziddinga “Nima qilib qо‘yding Ramziddin” deb baqiradi. Ramziddin pichoq qо‘lida ekanini, hech narsa qilmaganini aytadi. Shu tariqa Shokir aka ham bu dunyoni tark etadi. Xullas, biz fikr yuritayotgan dolzarb mavzudagi asarning qisqacha mazmuni shulardan iborat.

Bu voqealarga kim aybdor ekanligi haqida mulohaza qilish lozim. Yoshlar о‘rtasida bu kabi huquqbuzarlikni sodir etilishi hamda professional darajadagi dramatik asarning yaratilishi yoshlar muammosini jamiyatda og‘riqli masala ekanini kо‘rsatadi. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda, Abdurauf Fitrat bobomizning mana bu fikrlariga har birimiz endi hayotga kirib kelayotgan о‘gil-qizlarimiz amal qilishlarini men juda-juda istardim. Mana ulug‘ ajdodimiz nima deb yozganlar: “Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bо‘lishi, baxtli bо‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir bо‘lishi yoki zaif bо‘lib, xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, о‘zgalarga tobe va qul, asir bо‘lishi, ularning о‘z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog‘liq”. Bugungi kunda yon-atrofimizda diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, “ommaviy madaniyat” degan turli balo-qazolarning tobora kuchayib borayotganligi hisobga oladigan bо‘lsak, bu sо‘zlarning chuqur ma’nosi va ahmiyati yanada yaqqol ayon bо‘ladi. Haqiqatdan ham, hozirgi vaqtda yoshlar tarbiyasi biz uchun о‘z dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yo‘qotmaydigan masala bо‘lib qolmoqda.

Teatr katta kuch ekanligi shubxasiz. Ana shu kо‘rimli san’at asarida yoshlarni tarbiyalashning samarasi kattadir. Ayniqsa, yoshlar hayotiga bag‘ishlangan О‘lmas Umarbekovning “Kuzning birinchi kuni” asari asosida sahnalashtirilgan spektakl mana bir necha yildirki turli teatrlar sahnasidan tushmay kelyapti. Negaki bu sahna asari aynan yoshlar hayotiga bag‘ishlanganligi uchun ham uning tarbiyaviy kuchi nihoyatda ulkan bо‘lmoqda. Spektakl orqali yoshlar ezgulik va yovuzlikni darhol ajratib oladilar va bir umrga bu san’at asari ularning ongiga muhrlanib qoladi. Umuman о‘zining hayotiy voqelikka murojaat ekanligi bilan e’tiborni tortadi.

Mazkur spektaklni tomosha qilgan har bir tomoshabin ongida yetarlicha ma’naviy imunitet hosil qiladi. Teatrlarmizda shunaqa asarlar kо‘paysa yoshlar о‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qiladi. Yoshlarni ma’naviy yuksalishiga, dunyoqarashini kenggayishiga katta zamin yaratib, ma’nan yetuk inson bо‘lib yetishishiga yordam beradi.

Biz yoshlarning qalbi va ongiga Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini singdirish, ularni barcha balo-qazolardan, bizga begona bo‘lgan ta’sirlardan ogoh etish va himoyalash, ota-onalar farzandlarini shu ruhda tarbiyalashga alohida e’tibor berib kelayotganligi jamiyatimizning bugungi va ertangi kuni uchun naqadar muhim ekanini, o‘ylaymanki, hammamiz yaxshi anglaymiz.

Xulosa qilib aytganda, о‘zligini anglagan har bir xalq, millat va davlat jamiyatning umumbashariy tamoyillarini e’tirof etishi va yoshlar hayotida teatr san’atining ahamiyatini oshirish uchun yuqorida kо‘rsatilgan asardek yangi badiiy saviyasi yuksak asarlar yaratish va shu sahna asarlarni yoshlar orasida targ`ib qilish maqsaqga muvofiq bо‘ladi.

 

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Harakatlar strategiyasi 2017-2021 ilmiy-uslubiy risola Toshkent “Ma’naviyat” 2017. [1]
2. Mahmudxо‘ja Behbudiy “Talangan asarlar” Toshkent “Ma’naviyat” 1999.[2]
3. Toshpo`lat Tursunov “XX asr o`zbek teatri tarixi” Toshkent-2010.
4. О‘lmas Umarbekov “Saylanma” Toshkent G‘ofur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san`at nashiryoti 1985.